DAVLAT VA JAMIYAT
DAVLAT VA JAMIYAT
 

15 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2004 yil 15 yanvarni aviafalokatda halok bo‘lganlar uchun motam kuni deb e’lon qilishga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Toshkent aeroportida "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining Termiz - Toshkent marshuruti NU 1154 reysini bajarayotgan YAK - 40 samolyoti bilan aviafalokat yuz berdi. Falokat natijasida 37 kishi, shu jumladan 5 ta ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.

 
29 yanvar. Toshkent viloyati Kengashi xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar va tashkilotlar, Toshkent viloyatining Oliy Majlis deputatlari ishtirok etdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

29 mart. Rasmiy xabarlar.

2004 yil 24 martga o‘tar kechasi va shu kuni ertalab Toshkent shahrida bir qator terroristik harakatlar sodir etildi.

Chorsu bozori xududida "Bolalar dunyosi" do‘koniga kiraverishda portlash sodir etildi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan biri shu do‘kon qorovuli edi. Ikkinchisining shaxsi aniqlanyapti. Yetti kishi turli darajadagi tan jarohatini oldi.

29 aprel. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasini Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq 14 sessiyasi o‘z ishini boshladi.

25 may. Andijon viloyat xalq deputatlari kengashinng navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

1 iyun. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

9 iyul. Samarqand viloyat halq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

30 iyul. Toshkent shahrida sodir etilgan terroristik harakatlar bo‘yicha tashkil etilgan hukumat komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Komissiya majlisida tegishli xizmat va tashkilotlarning portlash bilan bog‘liq holatlar tahlili va ularni aniqlashning aniq chora - tadbirlari haqidagi ma’lumotlar tanglandi. Sodir etilgan terroristik harakatlarning sababini va bajaruvchilarni aniqlash amalga oshirish bo‘yicha harakat rejasi qabul qilindi.

31 iyul. Oqsaroy qarorgohida Toshkent shahrida sodir etilgan torroristik harakat munosabat bilan tuzilgan hukumat Komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov olib bordi.

26 avgust. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

27 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil etildi.

6 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bo‘ldi.

11 oktyabr. O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi tashkil etildi.

15 oktyabr. Farg‘ona viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

2 dekabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
                o`zb   рус   eng
Bugun: 25.04.2014
© 2008 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati