DAVLAT VA JAMIYAT
DAVLAT VA JAMIYAT

ГОСУДАРСТВО И ОБЩЕСТВО

7 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan 1997 yil 26 dekabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi "Bojxona kodeksi" e’lon qilindi. Bojxona kodeksi Oliy Majlis qarori bilan 1998 yil 1 yanvardan kuchga kiritildi. 

2 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Oila" Respublika ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.


15 may. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis IX sessiyasida qabul qilingan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi. 

16 iyun. Toshkentda "Xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi roli" mavzuida Markaziy Osiyo mintaqaviy uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda davlat organlari, jamoat birlashmalari rahbarlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon parlamentariylari, xalqaro tashkilotlarning vakillari hamda O‘zbekistondagi bir qator davlatlarning favqulodda va muxtor elchilari, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Rossiya, Turkiya, AQShdan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha ekspertlar ishtirok etdi. 

17 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "El-yurt hurmati" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. 

9 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Xotin-qizlarning oila, davlat va ijtimoiy qurilishdagi rolini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish maqsadida, 1999 yili Ayollar yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan Respublika komissiyasi tuzish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.04.2017
Qidirish
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati