DAVLAT VA JAMIYAT
ГОСУДАРСТВО И ОБЩЕСТВО

19 mart O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - umumxalq hashari kuni poytaxtimizdagi qurilish va bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishdi. Yurtboshimiz dastavval Beshyog’och maydonida bo’ldi. Tinchlik va taraqqiyot yo’lidan borayotgan yurtga bunyodkorlik ishlari, bayramlar yarashadi. Poytaxtimiz Navro’z arafasida yangi va zamonaviy qiyofada namoyon bo’layotgani xalqimizning sevimli bayramiga o’zgacha shukuh bag’ishlamoqda.


14 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Andijon shahrida sodir bo‘lgan voqealar munosabati bilan Toshkentda mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi. 

16 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu yil ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. 

19 avgust. Senatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rahbariyati, qo‘mita va fraksiyalari rahbarlari ishtirokida Senat Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisiga tayyorgarlik masalalari, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi. Qonun ijodkorligi va ikki palatali parlament faoliyatini takomillashtirish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishni chuqurlashtirish borasidagi eng muhim masalalarni hal etishda deputatlar va senatorlarning roli hamda mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, jamiyat va davlat qurilishining boshqa muhim masalalari ko‘rib chiqildi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov so‘zga chiqdi. 

21 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarning borishi, qishloq xo‘jaligida yuz berayotgan keng qamrovli o‘zgarishlar bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. 

7 dekabr. Ulug‘ bayramlarimizni shodiyona bilan nishonlash ezgu udumlarimizdan. An’anaga ko‘ra eng ulug‘, eng aziz bayramimiz - Mustaqillikning 14 yilligi arafasida, Prezidentimiz Islom Karimovning farmonlariga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, el-yurtimiz ilm-fani, madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish, farovonligi, tinchligi va osoyishtaligini yanada mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun bir guruh yurtdoshlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan edi. 

8 dekabr. Prezident Islom Karimov kirib kelayotgan yangi - 2006 yilni mamlakatimizda "Homiylar va shifokorlar yili" deb e`lon qilishni taklif etdi. Yurtboshimizning bu taklifini yig`ilganlar gulduros qarsaklar bilan ma`qulladilar. 

29 dekabr. Prezident Islom Karimov poytaxtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. (+video)

                o`zb   рус   eng
Bugun: 24.01.2017
Qidirish
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati