O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq: 1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2013-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin. Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 2012-yil 29 dekabr shanba va 30 dekabr yakshanba dam olish kunlari mos ravishda 2012-yil 31 dekabr dushanba va 2013-yil 2 yanvar chorshanba kunlariga ko‘chirilsin; |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab: respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi; oliy o‘quv yurtlarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet tillarda olib boriladi; |
Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini mustahkamlash, ularning ruhiy va ma’naviy olamini yanada yuksaltirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida"gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq... |
Respublikamizda kuchli maktabga ega bo‘lgan hamda Olimpiya o‘yinlari va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sport kurashini olimpiya sport turlaridan biri sifatida yanada keng rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni erkin va yunon-rum kurashi bilan muntazam shug‘ullanishga faol jalb etish, ularning sport mahoratini oshirish hamda trener kadrlarning salohiyatini rivojlantirish, shu asosda mamlakatimiz terma jamoalari uchun ishonchli zaxirani shakllantirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining Toshkent shahrida Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. |
Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida” 1992-yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq: 1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining hay’ati 2012-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 19 avgust yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilganini inobatga olib, Hayit ayyomini keng nishonlash maqsadida 2012-yil 20 avgust kuni dam olish kuni sifatida belgilansin va 19 avgust bayram kuniga qo‘shilsin. |
El-yurtimiz uchun asrlar davomida ezgulik, saxovat, mehr-shafqat, qanoat va shukronalik ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga xos olijanob fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida... |
Madaniyat va san’at sohasida teatr, kino, televideniye, xalq ijodiyotini rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga, xalqimizning tobora ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlariga javob beradigan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi hamda sifatini takomillashtirish va tubdan oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan mavjud moddiy-texnik bazadan yanada samarali foydalanish maqsadida: |
Qurolli Kuchlar qismlari va bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarga respublika oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berishda tegishli tartib o‘rnatish, shuningdek, ularga berilayotgan imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi omillarini kuchaytirish maqsadida: |
Qayd etib o‘tilsinki, respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun oliy ma’lumotli o‘qituvchi kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi vujudga keltirilgan. |





RSS