Qadrli do‘stlar! Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! Avvalambor, siz, azizlarni – “Sog‘lom avlod uchun” xayriya jamg‘armasi tashkil etilganining 20-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman qatnashchilarini, Jamg‘armaning barcha xodimlari va faollarini bugungi qutlug‘ sana bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Mustaqil O‘zbekiston tarixida hukumatga qarashli bo‘lmagan birinchi jamg‘arma sifatida tashkil topgan, noyob va betakror xususiyatlari bilan ajralib turadigan ushbu ijtimoiy tuzilma o‘tgan davr mobaynida, o‘ta muhim va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda ko‘pgina yutuq va marralarga erishdi. |
Muhtaram mehmonlar! Shu kunlarda kattayu kichik barcha yurtdoshlarimiz bag‘rini keng ochib, bahor, yasharish va yangilanish ramzi bo‘lmish Navro‘z ayyomini “Xush kelibsan o‘lkamizga, Navro‘zi olam!” deb, shodu xurramlik bilan kutib olmoqda. Shu munavvar tongda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman. |
Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim! Tabiat uyg‘onib, tobora chiroy ochayotgan mana shu shukuhli ayyomda siz, azizlarni, sizlar orqali butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman. Biz hayot falsafasi, ma’no-mazmuni va go‘zalligini birinchi navbatda barchamizni dunyoga keltirgan, oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan muqaddas Ona siymosida, ayol timsolida ko‘ramiz, ayol zotini Yaratganning tengsiz mo‘jizasi, deb ulug‘laymiz. |
Aziz opa-singillar, muhtarama ayollar! Avvalambor, sizlarga – O‘zbekiston xotin-qizlari respublika konferensiyasining barcha ishtirokchilariga, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollariga o‘zimning chuqur hurmatimni bildirib, anjuman ishiga katta muvaffaqiyatlar tilayman. Bundan yigirma bir yil oldin tashkil topgan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘zining joylardagi bo‘limlari va tuzilmalari bilan birga o‘tgan qisqa davr mobaynida, aytish mumkinki, o‘ta muhim va mas’uliyatli, ulkan vazifalarni amalga oshirishda ko‘pgina yutuq va marralarga erishdi. Bu tashkilotning mamlakatimiz ayollarining manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish borasidagi ko‘p qirrali faoliyati, jahon xotin-qizlar harakatining e’tibor markazida turgan dolzarb masalalarni hal qilishga qo‘shgan hissasi ayniqsa oxirgi yillarda uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini kuchaytirishga olib keldi. |
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari! Sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 21-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari o‘tgan tarixan qisqa davrda murakkab shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugungi kunda son jihatdan ixcham, harakatchan, zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etmoqda. |
Aziz yurtdoshlarim! Qadrli do‘stlar! Yangi yilga sanoqli daqiqalar qolgan mana shu shukuhli damlarda yurtimizga qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelayotgan 2013-yil bilan siz, azizlarni chin qalbimdan tabriklash, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatimni bildirish, samimiy tilaklarimni izhor etish men uchun katta sharaf, katta baxtdir. O‘tgan davr mobaynida boshimizdan kechirgan, el-yurtimiz hayotida ro‘y bergan voqealarni, amalga oshirgan ishlarimizni baholar ekanmiz, o‘z poyoniga yetayotgan 2012-yilni shukronalik tuyg‘usi bilan, mamnuniyat bilan kuzatishga to‘liq asoslarimiz bor. |
Muhtaram do‘stlar! Mamlakatimiz oldida turgan ezgu maqsadlarni amalga oshirish, ko‘ptarmoqli iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash, uning eksport salohiyatini yuksaltirish, el-yurtimiz farovonligini oshirish yo‘lida qo‘lga kiritayotgan yutuq va marralarimiz barchamizni albatta quvontiradi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni yanada kuchaytiradi. Shular qatorida paxtachilik sohasida joriy yilda 3 million 350 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, katta mehnat g‘alabasiga erishganimiz, hech shubhasiz, hammamizga chuqur mamnuniyat yetkazadi. |
Qadrli ustoz va murabbiylar! Muhtaram yurtdoshlar! Bugun, mana shu qutlug‘ ayyomda barchamiz uchun eng aziz, eng qadrli bo‘lgan farzandlarimizga bilim va tarbiya berishdek ulug‘ ishga butun borlig‘ini bag‘ishlagan siz, hurmatli o‘qituvchi va murabbiylarni chin qalbimdan tabriklab, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman. |
Qadrli do‘stlar! Avvalo, siz, aziz dehqon va fermerlarimizni, barcha dala mehnatkashlarini mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarixida yangi sahifa bo‘lmish 7 million 170 ming tonnalik ulkan g‘alla xirmoni bunyod etib, yuksak mehnat g‘alabasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Dunyoda non degan shunday tengsiz va buyuk bir boylik, ulug‘ va tabarruk bir ne’mat borki, uning bahosi, qadr-qimmatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi. Azal-azaldan to‘qchilik, avvalo ko‘zning, ko‘ngilning to‘qligi, dasturxon to‘kinligi, ro‘zg‘orning qut-barakasi bug‘doyning, nonning serobligi bilan belgilab kelinadi, desak, hayotiy haqiqatni aytgan bo‘lamiz. |
Qadrli do‘stlar! Siz, hurmatli jurnalistlarni, nashriyot va matbaa, radio va televideniye vakillarini, muhtaram faxriylarimizni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga ezgu tilaklarimni izhor etaman. Bugun biz yashayotgan, globallashuv va Internet asri deb nom olgan davrda taraqqiyotni, hayotimizni zamonaviy axborot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va ommaviy axborot vositalaridan, siz aziz jurnalistlar faoliyatidan ayri holda tasavvur etib bo‘lmasligini hammamiz yaxshi anglaymiz va sizlarning o‘ta mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli mehnatingizni yuksak qadrlaymiz. |





Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
RSS