Nutqlar
17.04.2013

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, xonimlar va janoblar!

Siz, aziz mehmonlarimiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, ASEAN, YuNESKO kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari hamda boshqa tuzilmalar vakillarini, uy-joy qurilishi sohasidagi yirik kompaniyalar rahbarlari va yetakchi mutaxassislarni – bugungi konferensiyaning barcha qatnashchilarini qutlash, ushbu forumda ishtirok etayotganingiz uchun o‘zimning chuqur hurmatim va samimiy minnatdorligimni izhor etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Uy-joy qurilishi sohasi o‘tkir ijtimoiy muammolarni hal etish uchun ulkan ahamiyatga ega ekani, qurilish bilan bog‘liq ko‘plab tarmoqlar va butun mamlakat iqtisodiyotining mutanosib rivojlanishi hamda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan eng muhim omil ekanini hisobga oladigan bo‘lsak, bugungi konferensiya uchun tanlangan qishloqda uy-joy qurilishining roli haqidagi mavzuning dolzarbligi to‘g‘risida gapirib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak.

02.04.2013

Prezident Islom Karimovning Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqi.

19.03.2013

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Shu kunlarda kattayu kichik barcha yurtdoshlarimiz bag‘rini keng ochib, bahor, yasharish va yangilanish ramzi bo‘lmish Navro‘z ayyomini “Xush kelibsan o‘lkamizga, Navro‘zi olam!” deb, shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Shu munavvar tongda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

14.09.2012

Muhtaram konferensiya qatnashchilari, xonimlar va janoblar!

Siz, qadrli mehmonlarimizni, nufuzli xalqaro institutlar – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot bankining vakillarini, yetakchi olim va mutaxassislar, biznesmenlar, dunyoning 45 ta mamlakatidan tashrif buyurgan barcha konferensiya ishtirokchilarini qutlash, sizlarga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromimni hamda anjuman ishida ishtirok etayotganingiz uchun samimiy minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Bugungi anjuman uchun “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” degan mavzuning tanlanishi bejiz emas. Bu, birinchi navbatda, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilgani bizga eski mustabid, rejali-taqsimot tizimidan qolgan inqirozning o‘ta o‘tkir muammolarini hal etishda eng muhim omil, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv bo‘lib xizmat qilgani bilan bog‘liq.

31.08.2012

Aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Bugun biz mamlakatimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma bir yilligini nishonlamoqdamiz.

Ana shu buyuk sana bilan, xalqimiz asrlar davomida intilib, orziqib kutgan, haqiqatan ham, barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lmish O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash men uchun katta baxtdir.

Men ishonaman – asrlar, zamonlar o‘tar. Ammo barchamizga o‘zligimizni anglash, insoniy sha’nimizni, qadr-qimmatimizni, o‘z yurtimizga egalik qilish huquqini, tilimiz, muqaddas dinimizni, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni qaytarib bergan bu ulug‘ ayyom Vatanimiz tarixida oltin sahifa bo‘lib, abadiy saqlanib qolajak.

17.02.2012

Hurmatli konferensiya qatnashchilari, xonimlar va janoblar!

Siz, muhtaram konferensiya ishtirokchilarini, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki namoyandalari bo‘lgan aziz mehmonlarimizni, dunyoning turli qit’alaridagi 40 dan ziyod mamlakatdan tashrif buyurgan vakillarni qutlash va barchangizga o‘zimning chuqur hurmatimni va ushbu anjumanda qatnashayotganingiz uchun samimiy minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Bizning mintaqamizda iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga ulkan hissa qo‘shib kelayotgani uchun mazkur konferensiyani o‘tkazish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kuroda janoblariga alohida tashakkur izhor etmoqchiman.

26.11.2011

Muhtarama Bosh direktor xonim,

Hurmatli simpozium ishtirokchilari, xonimlar va janoblar!

Siz aziz mehmonlarimizni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining YUNISEF, Taraqqiyot dasturi va Aholishunoslik jamg‘armasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning ko‘plab mamlakatlari sog‘liqni saqlash sohasi rahbarlari, bugungi simpoziumning barcha ishtirokchilarini qutlash va o‘zimning chuqur ehtiromimni izhor etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Yaqinda barpo etilgan, milliy va zamonaviy arxitektura hamda shaharsozlikning eng yaxshi namunalarini o‘zida mujassam etgan, bugun xalqaro anjuman o‘tayotgan ushbu noyob kompleks ikki qismdan – Milliy kutubxona va Simpoziumlar saroyidan iborat. Mazkur muhtasham saroyda qabul qilgan ilk mehmonlarimiz siz, eng insonparvar va olijanob soha – onalik va bolalikni muhofaza qilishga bag‘ishlangan ushbu xalqaro forum ishtirokchilari ekaningizning o‘zi ko‘p jihatdan ramziy va tarixiy ahamiyatga egadir.

31.08.2011

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Hurmatli mehmonlar!

Bugun – barcha shahar va qishloqlarimizda, butun mamlakatimizda muborak ayyom, unutilmas tarixiy sana – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganining yigirma yillik buyuk bayrami.

13.12.2010

Sizlarni qutlashga va Rossiya tomoniga, Rossiya Prezidenti Dmitriy Anatolevich Medvedevga samimiy qabul va an’anaviy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysizlar.

Bugungi sammit kun tartibidagi asosiy masala – ODKB kollektiv xavfsizlik tizimini yanada takomillashtirishdir.

Biz ODKB qarorlarining samaradorligi va ularning tezkorlik bilan qabul qilinishini ta’minlash, Tashkilotning mojaroli vaziyatlarga samarali munosabat bildirish imkoniyatlarini mustahkamlash borasidagi tashabbuslarni asosli hamda o‘z vaqtida ilgari surilgan, deb hisoblaymiz.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 25.05.2013
© 2008 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati