Tabriklar
25.05.2017

Qadrli o‘g‘il-qizlarim!

Avvalo, mana shu unutilmas va hayajonli daqiqalarda siz, aziz farzandlarimizni, sizlarga omad va zafarlar tilab turgan muhtaram ustoz-murabbiylar, ota-onalarni, barcha sport muxlislarini go‘zal va betakror Jizzax shahrida “Barkamol avlod” sport o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
10.05.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inni Koreya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi.

20.03.2017

O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tabrigi
Aziz vatandoshlar!

Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan kattayu kichik barcha yurtdoshlarimizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mana shu qutlug‘ kunda siz azizlarga, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
13.01.2017

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Qadrli yurtdoshlar!

Shu kunlarda butun xalqimiz mamlakatimiz hayotidagi buyuk tarixiy sanani bayram qilmoqda. Ya’ni, Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

Ana shu qutlug‘ ayyom bilan o‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
31.08.2016

prezident_s.jpgMamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, el-yurtimizni mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yo‘lini ochib bergan O‘zbekiston davlat mustaqilligining 25-yillik bayrami bilan barchangizni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklayman.

Qadrli do‘stlar!

Barchamizga ayonki, mustaqillik hech qaysi xalq, hech qaysi millat tarixida osonlik bilan qo‘lga kiritilgan emas. Bu haqiqatni chuqur anglaydigan xalqimiz shu kurashda fidoyilik ko‘rsatgan, qurbon bo‘lgan ota-bobolarimizning xotirasini qalbida abadiy saqlaydi.

Ayni shu kunlarda o‘zini oqlamagan eski tuzumdan yangi tizimga o‘tish davrini eslar ekanmiz, boshimizdan kechirgan mashaqqatli kunlar va og‘ir sinovlar beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.

27.06.2016

Qadrli do‘stlar!

Avvalo, siz, azizlarni – yurtimizdagi barcha jurnalistlar, teleradio, nashriyot va matbaa sohasi vakillarini 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim, ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.
21.03.2016

Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Tabiat uyg‘onib, gul-chechaklar ochilib, atrof yashil libosga burkanib borayotgan shu kunlarda yasharish va yangilanish fasli bo‘lmish Navro‘zi olam yurtimizga kirib kelishi bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat va samimiy tilaklarimni izhor etish – men uchun katta baxtdir.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 30.05.2017
Qidirish
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati