Yangiliklar
29.05.2017

2017-yilning 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al-Minya viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiga hamdardlik maktubi yo‘lladi.

26.05.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Istiqlol yillarida poytaxtimiz o‘zgacha tarovat va zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bir-birini takrorlamaydigan ma’muriy binolar, turar joylar, keng va ravon ko‘chalar, zamonaviy ko‘priklar, muhtasham savdo majmualari, bozorlar bunyod etildi.

26.05.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanining Beltepa va Jarariq ko‘chalari kesishgan joyda barpo etilayotgan ko‘ngilochar istirohat bog‘i qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur bog‘ konsepsiyasida milliy me’morlik an’analari va zamonaviy shaharsozlik talablari uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bog‘ hududi 10 gektar bo‘lib, bu yerda ko‘ngilochar maskanlar, zamonaviy attraksionlar, bionik ayvonlar, qishki bog‘, charxpalak, musiqali favvoralar, skeytbord va chang‘i uchish joylari, velosiped yo‘laklari, istirohat bog‘i bo‘ylab dor yo‘li, kafelar, 5 qavatli avtomobillar turar joyi qurilishi rejalashtirilgan.

26.05.2017

Shavkat Mirziyoyev: har bir loyiha o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi kerak

Davlatimiz rahbari poytaxtimiz tumanlariga tashrif buyurib, odamlar bilan muloqot qilmoqda, masalalarni joyida o‘rganib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga doir ustuvor vazifalarni belgilab bermoqda.

Shayxontohur tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish asnosida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Toshkent issiqlik markazi» aksiyadorlik jamiyatining 3-issiqlik markazida bo‘ldi. Mazkur issiqlik markazi 1970-yillarda qurilgan bo‘lib, tumandagi 937 obyektga issiqlik quvvati yetkazib beradi.

26.05.2017

Buyuk ajdodlarimiz merosi – xalqimizning bebaho ma’naviy boyligidir

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Suzuk ota” maqbarasi va jome’ masjidida bo‘ldi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini ta’minlash, ularning qonuniy asoslarini yaratish va rivojlantirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Imon-e’tiqod, mehr-oqibat, muruvvat kabi fazilatlar xalqimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

25.05.2017

Qadrli o‘g‘il-qizlarim!

Avvalo, mana shu unutilmas va hayajonli daqiqalarda siz, aziz farzandlarimizni, sizlarga omad va zafarlar tilab turgan muhtaram ustoz-murabbiylar, ota-onalarni, barcha sport muxlislarini go‘zal va betakror Jizzax shahrida “Barkamol avlod” sport o‘yinlarining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
25.05.2017

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Yildirim Tug‘rul Turkeshni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlik va muloqotlar faollashayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 29.05.2017
Qidirish
© 2008 - 2017 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati